Shimoliy Koreyadagi maktab darsliklaridan mamlakat rahbarlarining rasmlari olib tashlandi. Bu haqda Janubiy Koreyaning «Renxap» agentligi ma'lum qilgan.
Manbada aytilishicha, janubliklar Shimoliy Koreyada chiqadigan 75 ta turli yoshlar uchun mo‘ljallangan darsliklarni tekshirib chiqishgan. Lekin ulardan birortasida avval juda ko‘p uchragan Kim Chen In, uning otasi Kim Chen Ir va bobosi Kim Ir Senlarning birorta ham rasmi topilmagan.
Shimolliklar rahbarlari rasmi kulgili suratlar chizish uchun ishlatilmasligining oldini olish uchun shunday qilishgan.