Shotlandiyaning «Seltik» klubi stadioni «Seltik Park»da o‘ziga xos tribunlar ochildi. Muxlislar uzoq vaqt kutgan tik turib futbol tomosha qilish mumkin bo‘lgan sektorga ega bo‘lishdi.
Unda 2900 nafar muxlis tik turgan holda futbol ko‘rishi mumkin. Yangi sektor «Volfsburg»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ochiladi. Britaniyada tik turib futbol ko‘riladigan tribunalarga o‘tgan asrning 80-yillardan buyon ruxsat yo‘q edi. Chunki bunday tribunalarda juda ko‘p tartibsizliklar yuzaga keladi.
1989 yil Hilsborodagi mash'um halokat ham aynan tik turib futbol ko‘riladigan sektorlarda bo‘lgan.