Nyu-Yorkning markaziy bog‘ida katta olomon pokemonni izlab yurdi

Jamiyat 08:19 / 17.07.2016 8261

Nyu-Yorkda katta yoshdagi odamlarning olomoni jonbozlik bilan va mukkasidan ketib pokemonni qidirib yurishdi. Ularning barchasi bu yerga Vaporeon – Ivi pokemoni ko‘rinishlaridan birini topish uchun kelishdi. Tvitter foydalanuvchilaridan biri Pokemon Go o‘yini va uning ishtirokchilari tomonidan Nyu-York markaziy bog‘ida keltirib chiqarilgan xaosni videoga oldi. Videoda o‘yin fanatlaridan biri umuman mashinasini yoqiq holda qoldirib, olomon ketidan chopib ketganini ko‘rish mumkin.

"Vaporeon markaziy bog‘da paydo bo‘ldi va mana nima yuz berdi", deb izohlamoqda videoni foydalanuvchi.

O‘yinning mohiyati o‘yinchilar mobil dastur yordamida pokemonlar murabbiylariga aylanib, real dunyoda virtual mahluqlarni qidirib, boshqa murabbiylar bilan kurashib, o‘z pokemonlarini rivojlantirishlaridan iborat.  

Bu o‘yin o‘zi taqdim qilingan davlatlarda yuklab olishlar bo‘yicha chempion bo‘lgan, AQShda esa uning ixlosmandlari umuman tvitter foydalanuvchilari sonidan oshib ketishi mumkin.

Pokemon GO ixlosmandlari uni o‘ynashga o‘rtacha kuniga 43 daqiqa sarflashadi, bu esa WhatsApp, Instagram, Snapchat va Messenger dasturlariga ajratiladigan vaqtdan ko‘proqni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: