Nitstsalik terrorchi hujum arafasida qarindoshlariga selfi va 84 ming funt jo‘natgani ma'lum bo‘ldi

Jahon 16:48 / 17.07.2016 9764

Nitstsada Bastiliya olinishining 227 yilligi nishonlanayotgan paytda bayramga yig‘ilgan kishilar ustiga yuk mashinasini haydab borib 84 kishining halok o‘limiga sabab bo‘lgan, kelib chiqishiga ko‘ra tunislik terrorchi Muhammad Luxuayej Buxlel hujum arafasida oila a'zolariga o‘z selfisini hamda 240 ming dinor (84 ming funt) miqdoridagi pul jo‘natgani ma'lum qilindi. Bu haqda Daily Mirror nashri terrorchining 19 yoshli ukasi Jobirga asoslanib xabar tarqatgan.

Bulelning ukasi aytishicha, u oilasiga doimiy ravishda pul yuborib turgan, lekin oxirgi marta "katta miqdordagi pul kelgan".

Uning boshqa oila a'zolari ham o‘sha kuni Buxlel do‘stlari bilan dam olayotgan Tunisdagi kurortdan surat yuborganini tasdiqlagan.

Nitstsadagi voqealardan keyin ular kechki soat 2:00ga qadar Buxlelga xabarlar yo‘llab, uning ahvolidan xabar olishga urinishgan.

Bundan tashqari, nashrlar xabariga ko‘ra, terrorchining qo‘shnilari Bulelning tungi klublarga serqatnov bo‘lgani, doimiy ravishda spirtli ichimliklar iste'mol qilgani va hech qachon din haqida gapirmaganidan guvohlik berishgan.

Bundan oldinroq, Nitstsa terakti ijrochisi keyingi yillarda psixologga qatnagani haqida xabar paydo bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: