Nitstsadagi teraktda 4 nafar qozog‘istonlik halok bo‘ldi

Jahon 21:59 / 17.07.2016 6441

Nitstsada 14 iyulda sodir etilgan teraktda Qozog‘istonning 4 nafar fuqarosi, jumladan yosh bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.   

"Qozog‘iston fuqarolari Panchenko Lyubov (1956), Panchenko Marina (1983), Panchenko Silviya (2013) va Otto Natalya (1959) Nitstsadagi terakt qurbonlari bo‘lganlarini chuqur qayg‘u bilan bilan ma'lum qilamiz", deb aytildi vazirlik bergan xabarda.  

14 iyulda Nitstsadagi Ingliz sohilbo‘yisida terrorchi Bastiliyaning olinish kunini nishonlash uchun to‘plangan odamlarni yuk mashinasida bosib ketgan. Terakt oqibatida 84 kishi halok bo‘lgan. Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: