Fransiya politsiyasi Nitstsada sodir etilgan teraktga aloqadorligi gumon qilingan yana bir necha kishini hibsga olgan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.
Nitstsadagi terakt 14 iyul kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Bastiliya ishg‘ol qilingan kun munosabati bilan bayramona mushakbozlikni tomosha qilishga yig‘ilgan kishilarni yuk mashinasi bosib ketdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinasi odamlarni deyarli ikki kilometr yo‘l davomida bosib o‘tgan. Bundan tashqari, haydovchi odamlarga o‘q uzgan. Hodisa oqibatida 84 kishi halok bo‘ldi, yuzlab kishilar jabrlandi.
Hujumni uyushtirgan shaxs kelib chiqishi tunislik bo‘lgan fransiyalik 31 yoshli Muhammad Laxuayej Buxlel bo‘lgan.
IShID bu terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olgan.
Bundan oldinroq Frantsuz maxsus kuchlari Nitstsada xatolik tufayli pensionerlar uyini shturm qilgani haqida xabar berilgandi.