National Interest 2030 yilga kelib eng qudratli bo‘ladigan 5 ta armiya ro‘yxatini tuzdi

Jahon 18:51 / 17.07.2016 44311

The National Interest jurnali 2030 yilda dunyoning asosiy armiyalari jangovor harakatlar xarakteri o‘zgarishlariga moslashganlarida harbiy kuch muvozanati qanday bo‘lishini taxmin qilib ko‘rdi. 

Nashrning ta'kidlashicha, sovuq urush yakunlangandan beri harbiy operatsiyalar ko‘rinishi o‘zgardi. Hozirda biror hudud uchun jangda ikkita nazariy va texnologik jihatdan bir-biriga o‘xshash harbiy kuchlar to‘qnashayotgan vaziyatlar kam uchraydi. Bunday ko‘rinishdagi jangovor harakatlarni olib borishga tayyorgarchilik hali ham muhim, biroq sekin-asta oldingi qatorga politsiya va isyonchilarga qarshi operatsiyalar chiqmoqda.

Ushbu reytingni tuzish metodologiyasida uchta savol yotadi: armiya milliy zaxiralarga egami (jumladan innovatsion texnologik baza), unda siyosiy hokimiyat tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlov bormi (armiyani hokimiyatdan mustaqilligini mahrum qilmaydigan) va real sharoitlarda innovatsion yangiliklar sinovini o‘tkazishga imkoniyat bormi.

Quyida 2030 yilga kelib dunyoda eng qudratli armiyaga ega bo‘ladigan 5 davlat keltirilgan.

Rossiya

Jurnalning ta'kidlashicha, sovuq urush yakunlangandan keyin Rossiya armiyasi qayta o‘zgarish va zaxiralarga ega bo‘lishni tiklashning og‘ir davridan o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Iqtisodiy o‘sish sharoitida bu armiyaga investitsiyalar keldi, turli yillarda sara qo‘shinlarda o‘tkazilgan islohotlar Rossiyaga Checheniston va Janubiy Osetiyada ikkita muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazishga imkon berdi.

Kelajakda quruqlikdagi qo‘shinlar sobiq ittifoq parchalanib ketgandan keyin tiklanayotgan Rossiya harbiy-sanoat majmuasining texnologiyalariga ega bo‘lishda muammolarga duch kelishi mumkin. Biroq Rossiya armiyasi o‘zining ustunliklari – soni va shaxsiy tarkibning ruhiy kuchini uzoq vaqt saqlab qoladi. 

AQSh

The National Interest sharhlovchisi Robert Farli fikricha, AQSh armiyasi 2030 yilga kelib dunyoning eng kuchli quruqlikdagi bo‘linmasi maqomini saqlab qoladi. AQSh armiyasining yuqori tayyorgarlik darajasi harbiy-sanoat majmuasidagi innovatsiyalar tizimining rivojlanishi hisobiga ta'minlanadi. Bu tizimlar AQSh qurolli kuchlarining barcha bo‘linmalari – harbiy-dengiz, harbiy-havo kuchlari va dengiz piyodasi korpusi uchun ochiqdir.

Bundan tashqari, AQSh armiyasi "yaxshi formada", chunki u Iroq va Afg‘onistonda 15 yildan beri "terrorga qarshi urush olib bormoqda", bu esa Hindular urushi davridan beri doimiy jangovor harakatlar olib borilayotgan eng uzoq davom etgan davrdir. Biroq doimiy taranglik o‘zida bo‘linmaning to‘xtamayotgan urushlar oqibatida kuchsizlanishi kabi ko‘plab xatarlarga olib kelishi mumkin.

Xitoy

AQSh armiyasi kabi Xitoy xalq-ozodlik armiyasi quruqlikdagi qo‘shinlari dengiz va harbiy-havo kuchlari bilan zaxira bazasini bo‘lishadilar. Xitoyning dunyoning eng boy va jadal rivojlanayotgan davlatlardan biriga aylanishi bilan mamlakat qurolli kuchlarida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Qurolli kuchlar moliyalashtirish va innovatsion sektorga kirishga ruxsat oldi va 2000-yillarda zamonaviy harbiy tashkilotga aylandi. Xitoy armiyasining asosiy ustunligi uning miqyosi hisoblanadi, bunday katta sondagi armiya dunyoning birorta davlatida yo‘q, kamchiligi esa oxirgi marta Xitoy-Vetnam urushida (1979 yil) olingan jangovor tajribaning deyarli yo‘qligi hisoblanadi.

Hindiston 

Xitoy armiyasida yo‘q jihatlar, Hindiston armiyasida yetarlicha miqdorda bor: Hindiston quruqlikdagi qo‘shinlari mamlakat ichida maochilarga qarshi operatsiyalar o‘tkazganlar va Kashmirda Pokiston tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kuchlarga qarshi kurashganlar. 

Hindiston armiyasining kamchiligi uning yuqorida aytib o‘tilgan armiyalardan texnologik ortda qolishi hisoblanadi. Nyu-Dehli bu kamchilikni import hisobiga qoplaydi – mamlakat Rossiya, AQSh, Yevropa va Isroil qurol bozoriga chiqishga ega, biroq istiqbolda bu armiyaga ko‘proq innovatsion ishlanmalar talab etiladi. 

Fransiya

The National Interest sharhlovchisi Fransiya armiyasi yaqin kelajakda Yevropaning asosiy armiyasiga aylanishi, Yevropa harbiy apparati ustidan nazoratni qo‘lga olishi va uning xavfsizlik siyosatini belgilashini taxmin qilmoqda. Fransiya quruqlikdagi qo‘shinlariga Fransiya harbiy-sanoat majmuasiga katta miqdordagi investitsiyalarning saqlanib qolinishini istovchi hukumatning to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ham qo‘l kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: