«Napoli» Gonsalo Higuain transferi bo‘yicha «Arsenal» bilan muzokara o‘tkazishni afzal bilmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia nashriga asoslanib, tribuna.uz xabar tarqatgan.
Neapolitanliklar klubi futbolchini A seriya granti va o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi «Yuventus»ga sotmoqchi emas. «Napoli» Gonsaloni turinliklarga faqatgina 94 million yevro evaziga sotishi mumkinligi aytilgan.
Bundan oldinroq, turinliklar jamoasida sport direktori sifatida ishlovchi Fabio Paratichi Higuainni sotib olmasliklarini bildirgandi.
«Arsenal» argentinalik ushbu futbolchi uchun «Napoli»ga 50 mln yevro va Jiruning transfer huquqini taklif qilgan. Futbolchining o‘ziga yiliga 8 mln yevro maosh to‘lashni nazarda tutuvchi 4 yillik shartnoma taklif etilgan.