Misr fuqarolik aviatsiyasi vaziri Sharif Fathiy Rossiya bilan sayyohlikni qayta boshlashni muhokama qilish uchun Moskvaga uchib ketdi, deb xabar bermoqda Aswat masriya nashri.
"Biz aeroportlarimizda katta miqdorda xavfsizlik choralari ko‘rilgandan keyin bu masala bo‘yicha taraqqiyotga erishilishiga umid qilmoqdamiz", deb aytdi Fathiy.
Fathiyning aytishicha, uning uch kun davom etadigan Moskvaga tashrifi vaqtida u sayyohlik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaaloqani tiklash imkoniyatini rossiyalik bir qator yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslar bilan muhokama qiladi.
Avvalroq Misr parvozlarni tiklash bo‘yicha Rossiyaning 85 foiz talabini bajargani ma'lum qilingandi.