“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhida A380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov» avtoyo‘lining 185-kilometridagi ko‘prikning bir qismi qulagani haqida fotoxabar qoldirildi. Ko‘prik Amu-Buxoro kanali ustidan o‘tgan bo‘lib, Qorovulbozor–Buxoro yo‘nalishida joylashgan.
Ma'lum bo‘lishicha, ko‘prikning besh tiragichi oraliqlaridan biri tushib ketgan va buning oqibatida inshootning to‘sinlari qulagan.
Uz24 xabariga ko‘ra, yengil avtomashinalar ko‘prik ustidan harakatlanishda davom etadi, yuk mashinalari esa uni aylanib o‘tib, 25 kilometr ortiqcha yo‘l yuradi. Ta'mirlash ishlari tez orada yakunlanishi kutilmoqda.
Xalqaro ahamiyatga molik A380 avtoyo‘li Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘istondan o‘tib, Qozog‘istonda yakunlanadi.