Istanbulning Sabixi Gekchen nomidagi aeroportida Turkiya huquq-tartibot muassasalari xodimlari va to‘ntaruv tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Vaziyat nazorat ostida", deb ma'lum qildi politsiya vakili.
Politsiyachilar aeroport binosi yonida ogohlantiruvchi o‘q uzganlar, so‘ngra isyonchilar javob o‘t ochganida ularni qo‘lga olishni boshlashgan.