Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishga aloqadorlikda gumon qilayotgan muxolif islom imomi Fathulla Gulen isyon sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Gulen "Turkiyada to‘ntaruvga urinish sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi ehtimoli bor" deb aytdi.
Gulen shuningdek Turkiyadagi to‘ntaruvni tashkillashtirishda ishtiroki borligi haqidagi ayblovni inkor etdi.