Frantsuz maxsus kuchlari Nitstsada xatolik tufayli pensionerlar uyini shturm qildi

Jahon 09:38 / 17.07.2016 5175

16 iyulda Nitstsada maxsus kuchlar xodimlari maxsus operatsiya davomida xatolik tufayli ikki pensionerning uyiga bostirib kirishdi. 

Nice-Matin mahalliy nashrining yozishicha, politsiya Nitstsadagi teraktni amalga oshirgan terrorchining yaqin atrofidagi odamlarni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan.

Voqea shahar markazidagi Marso ko‘chasida yuz berdi. Erta tongda politsiya maxsus xizmati RAID va banditizmga qarshi kurashish brigadasi BRI jangchilari to‘liq jangovor tayyorgarlikda gumonlanuvchilar yashaydigan uyga kirishgan, kerakli qavatga ko‘tarilib, xonadonlardan birining eshigini buzib kirishgan. Ular kvartiraga kirgach, yotohxona eshigini buzib kirishganda, u yerda keksa yoshli juftlikni ko‘rishgan.

"Ular hamma narsani chil-chil qilishdi, eshikni sindirishdi", deb kuyinib gapirmoqda xonadon egasi 80 yoshli Per Kapyuto.

"Ular bostirib kirib: "Madam tashvishlanmang, bir politsiyamiz!" deyishdi. Ha, albatta, eshigingni buzganda, bu kimligini bilib qo‘ygan yaxshi", deb kinoya bilan gapirmoqda 82 yoshli Fransuaz.

Politsiyachilar muvaffaqiyatsiz shturmdan keyin oxir-oqibat kerakli kvartiraga kira olishgan.

Ko‘proq yangiliklar: