Florida shtatida istiqomat qiluvchi shaxs tun mahali o‘z uyi yaqinida Pokemon GO o‘yini bilan mashg‘ul bo‘lgan o‘smirlarga o‘t ochdi. Bu haqda politsiyaga asoslanib, News4Jax xabar tarqatdi.
Voqea 16 iyul kuni, Palm-Koust shahrida ro‘y bergan. Okrug sherifining matbuot kotibi Flegler Jyeyms Troyanoning so‘zlariga ko‘ra, uy egasi tungi soat 1:30da ko‘chadagi shovqindan uyg‘onib ketgan va ko‘chada avtomobil turganini ko‘rgan.
Qurollangan shaxs mashinaga yaqinlashgan va undagi 2 o‘smirni ko‘rgan. Shundan so‘ng u o‘smirlarni daf qilish uchun mashinaga o‘t uzgan. U o‘z ishi haqida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bermagan.
Ertalab esa o‘smirlar politsiya mahkamasiga kelishgan va voqea haqida aytib berishgan. Ular o‘sha vaqtda atigi Pokemon GO o‘ynashayotgan bo‘lganini ma'lum qilishgan.
Gadjyetlar uchun qo‘shimcha reallik elementlarini o‘zida mujassam etgan Pokemon GO o‘yini 6 iyul kuni taqdim etildi. O‘yinning mohiyati o‘yinchilar mobil dastur yordamida pokemonlar murabbiylariga aylanib, real dunyoda virtual maxluqlarni qidirib, boshqa murabbiylar bilan kurashib, o‘z pokemonlarini rivojlantirishdan iborat.
Qisqa muddat ichida u butun dunyo bo‘ylab katta mashhurlikka erishdi. Ba'zida bu o‘yinga berilib ketganlar avariya holatlari sodir etishi kuzatilmoqda. Turli mamlakatlarda o‘yinga qarshi diniy ruhdagi namoyishlar o‘tkazildi.
Yangi zelandiyalik pokemonlarni deb o‘z ishidan bo‘shab ketdi. 24 yoshli Tom Karri mamlakat bo‘ylab o‘yinni ikki oy davomida butunlay o‘tish uchun o‘z lavozimini tark etganini ma'lum qildi.