Yerevan yaqinidagi Erebuni tumanida politsiya binosini egallab olib, odamlarni garovga olgan guruh hukumat iste'fosini talab qilmoqda. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatdi.
Politsiya mahkamasiga hujum qilganlar 20 iyun kuni noqonuniy qurol saqlagani uchun qamoqqa olingan Jirayra Sefilyanning tarafdorlari hisoblanib, uning ozodlikka chiqarilishini talab qilishmoqda.
Guruh "Armanistondagi mavjud vaziyatni o‘zgartirish" niyatida ekanini bildirib, "qurolli isyon boshlangani"ni ma'lum qilgan.
"Biz Yerevandagi politsiya bazasini qo‘lga oldik. Qaysiki, Armaniston janubida nazoratni ta'minlaydigan", deya tasdiqlashgan ular.
«Interfaks» agentligining mahalliy televideniyega asoslanib xabar qilishicha, hujum oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi jarohatlangan. Yerevan politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Valeriy Osipyan garovda tutib turilibdi.
Garovga olingan binoga harbiylar jo‘natilgan. Politsiya matbuot xizmati rahbari Ashot Agaronyan yaqin vaqt ichida vaziyat bo‘yicha batafsil bayonot bilan chiqilishini ma'lum qilgan.