Yerevanda politsiya xodimlari qurollangan guruh tomonidan egallab olingan polk binosi hududidan chiqqan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda «Interfaks» agentligi xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, u patrul-post xizmati avtomobilida politsiya bo‘limiga olib ketildi.
Uning kimligi va nima sababdan qo‘lga olingani hozircha ma'lum emas.
Bundan oldinroq, Armaniston MXX Yerevandagi politsiya mahkamasiga uyushtirilgan hujumni terakt sifatida baholagandi.