Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish vaqtida Istanbulda halok bo‘lgan yetti marhumning janozasida qatnashadi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.
Marosim Istanbuldagi Fotih masjidida bo‘lib o‘tadi. Unda Erdo‘g‘andan tashqari, Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon, YeI bo‘yicha vazir Umar Chelik, energetika va tabiiy resurslar vaziri Barot Olbayroq, Turkiya sobiq prezidenti Abdulloh Gyul va sobiq bosh vazir Axmet Dovuto‘g‘lilar ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 15 iyul kuni tunda davlat to‘natirishga urinish sodir bo‘ldi. Ushbu ishga aloqadorlikda ayblanib, 3 ming kishi hibsga olindi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, davlat to‘ntarishiga urinish vaqtida 265 kishi halok bo‘lgan. Shulardan 104 kishi qo‘zg‘alonchilarni tashkil etadi.