Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbatda Turkiyada dam olayotgan rossiyalik sayyohlarning xavfsizligi ta'minlanishini ta'kidladi. Bu haqda Kreml rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Rossiya prezidenti Turkiya bilan aloqalar yaxshilangandan keyin Turkiyaga dam olish uchun borayotgan sayyohlar soni sezilarli darajada oshganini ta'kidladi. U Turkiya hukumatidan rossiyalik sayyohlar uchun barcha xavfsizlik choralari ko‘rishini so‘radi. Erdo‘g‘an bu borada barcha zarur ishlar ko‘rilishini ma'lum qilgan»,- deyiladi Kreml xabarida.
Avvalroq ikki mamlakat rahbari tez orada o‘zaro uchrashuv o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.