Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin o‘lim jazosi qaytarilishini orqaga sura olmasligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Erdo‘g‘an bu haqda Istanbuldagi uyi yonida tarafdorlari bilan muloqot davomida aytdi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlayotganlar o‘lim jazosi kiritilishiga chaqirganlar.
"Biz bu talabni inkor qila olmaymiz", deb aytdi Erdo‘g‘an. Uning aytishicha, mamlakat hukumati o‘lim jazosini kiritish masalasini muholifat bilan muhokama qilmoqchi.
Erdo‘g‘an shuningdek tarafdorlarini to‘ntaruvga qarshilik sifatida ko‘chalar va maydonlarda 22 iyul, jumagacha qolishga chaqirdi, chunki uning aytishicha, unga qarshi xavf hali to‘liq bartaraf etilmagan.
Avvalroq Erdo‘g‘an to‘ntaruv sababli o‘lim jazosi qaytarilishi mumkinligini aytgandi.
Turkiyada o‘lim jazosi Yevropa Ittifoqiga kirish me'yorlariga to‘g‘ri kelish uchun 2004 yilda bekor qilingandi. Turkiyada o‘lim jazosi 1984 yildan beri ijro etilmagan.a