Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma'lum qildiki, mamlakatdagi barcha davlat institutlari harbiy to‘ntarishga urinishda aybdor bo‘lgan "viruslar"dan tozalanmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatgan.
Davlat to‘ntarishiga urinish vaqtida halok bo‘lganlarni dafn etish chog‘ida qilgan chiqishida u Fathulloh Gulen rahbarligidagi "terrorchi guruh" hokimiyatdan ag‘darmoqchi bo‘lgani haqida aytdi.
U fitna ishtirokchilarini jazolash uchun Turkiyada o‘lim jazosi qayta tiklanishi mumkinligini ma'lum qilgan.
Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim fitnada ishtirok etgan barchani respublika dushmanlari va terrorchilar deb atagan. U shuningdek, harbiy to‘ntarishga urinish chog‘ida jami 265 kishi halok bo‘lgani haqida ma'lum qilgan.