Biatlon bo‘yicha Olimpiya chempionlari Darya Domracheva va Ule-Eynar Borndalen turmush qurishdi

Jamiyat 07:25 / 17.07.2016 5220

Biatlon afsonasi, 8 karra Olimpiya chempioni, norvegiyalik Ule-Eynar Borndalen va 3 karra Olimpiya chempioni, belaruslik Darya Domracheva turmush qurishdi. Borndalen to‘ydan olingan suratlarni feysbukda joylashtirdi.

"Qanday ajoyib kun!", deb surat ostida rus, norveg va ingliz tillarida izoh qoldirdi kuyovbola.

Avvalroq juftlik 2016 yil oktabrda tug‘ilishi kerak bo‘lgan farzand kutayotganlari ma'lum qilingandi. Borndalen intervyulardan birida Domracheva homilador paytida ham mashg‘ulotlarni davom ettirishini aytgan. Domracheva yangi yildan keyin musobaqalarda ishtirok etishni davom ettirmoqchi.

2013 yilda norveg 7 yillik turmushdan keyin italiyalik biatlonchi Natali Santer bilan ajrashgandi. Bu nikoh unga farzand keltirmagan.

Ko‘proq yangiliklar: