Baton-Rujda politsiyachilarni otib tashlagan gumonlanuvchi o‘lik topildi

Jahon 23:37 / 17.07.2016 5195

CBS telekanali tvitterda AQShning Luiziana shtatidagi Baton-Ruj shahrida noma'lum kimsa politsiyachilarni o‘qqa tutishni boshlagani videosini chop etdi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida 7 kishi jabrlangan, ulardan  3 nafari halok bo‘lgan.

Otishma gumonlanuvchilaridan biri o‘lik, yana ikki gumonlanuvchi ehtimol qochqinlikda, deb shahar politsiyasiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi WAFB.

Avvalroq huquq-tartibot muassasalari otishmani sodir etgan shaxsni qidirayotganlari va u yarador ekanligi, uning ahvoli va qayerdaligi noma'lumligini ma'lum qilgandi.

Voqea guvohining aytishicha, u Eyrlayn Xayueydagi B Quick do‘koni oldida 25-30 ta o‘q ovozi eshitgan. Uning ta'kidlashicha, otishma mahalliy vaqt bilan soat 9.00dan sal o‘tganda boshlangan.

Uning aytishicha, otishma politsiya voqea joyiga yetib kelishidan oldin boshlangan. Uning ta'kidlashicha, noma'lum kimsalar bir-birini o‘qqa tutgan. 

Ayni vaqtda tergovchilar otishma sodir etgan qurollangan shaxslarning aniq sonini aniqlashga urinishmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: