Armaniston MXX Yerevandagi hujumni terakt sifatida baholadi

Jahon 19:38 / 17.07.2016 11593

Armaniston poytaxti Yerevan yaqinidagi Erebuni tumanida politsiya patrul-post xizmati polkiga hujum qilib, odamlarni garovga olgan qurolli guruh terroristik harakat sodir etgan. Bu haqda Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati bayonotida aytilgan.

Armaniston MXX qurolli qarshilik ko‘rsatmasdan taslim bo‘lishga chaqirmoqda.

"Davlat organlari vakillari terrorchilar bilan garovdagi kishilarni ozod etish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Voqea joyiga keltirilgan maxsus jangchilar jangovar holatda turibdi. Hozircha qamal qilish yoki boshqa turdagi faol harakatlarga kirishish bo‘yicha buyruq berilmadi", deyilgan MXX xabarida.

Bugun, 17 iyul kuni bir guruh qurolli shaxslar politsiya patrul-post xizmati polki hududidagi kirib, u yerdagi odamlarni garovga oldi. Hujum vaqtida 1 kishi halok bo‘lib, 2 kishi jarohatlangan.

Bundan oldinroq muxolifatchilar 7 politsiyachi va 1 generalni garovda tutib turgani ma'lum bo‘lgandi.

Garovdagilar orasida Yerevan politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Valeriy Osipyan bor. Hujum uyushtirganlardan biri — Pavel Manukyan videomurojaat orqali o‘z safdoshlari Jirayr Sefilyanning ozod qilinishi hamda hukumatning iste'foga chiqishini talab qildi.

Ko‘proq yangiliklar: