Arxeologlar Gretsiyaning Furni arxipelagidan 20 dan ziyod cho‘kkan kema topishdi

Jamiyat 17:34 / 17.07.2016 3803

Germaniya va AQSh mutaxassislaridan iborat arxeologlarning xalqaro guruhi Gretsiyaning Furni arxipelagida eramizdan avvalgi 1 minginchi yillikdan to XIX asrgacha cho‘kib ketgan 23 ta kemani aniqlashdi. The Fourni Underwater Survey deb nomlangan tadqiqot joriy yilning iyun-iyul oylarida arxipelagning 13 ta orolida olib borildi. Tadqiqotdan maqsad cho‘kib ketgan antik davr, o‘rta asrlarga taalluqli va keyinchalik ishlab chiqarilgan kemalarni aniqlash bo‘ldi. Bu haqda RNS xabar bermoqda.

Ishlar sohilga yaqin chiziq bo‘ylab, 65 metr chuqurlikda olib borildi. Masalan, olimlar eramizdan avvalgi 525–480 yillarga to‘g‘ri keladigan kemani topishga muvaffaq bo‘lishgan. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Furni arxipelagidan muhim savdo yo‘li o‘tgan. Ular Qora va Egey dengizlarini Kipr va Misr bilan bog‘lagan.

Ko‘proq yangiliklar: