Yaponiya sharqida Toshkent vaqti bilan taxinan soat 11:00da 5 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqida AQSh Geologiya xizmati xabar tarqatgan.
Zilzila epimarkazi Tokiodan 40 km masofada, 44 km chuqurlikda joylashgan. Poytaxt aholisi kuchli yer tebranishini his qilgan.
Hozircha zilzila tafsilotlari haqida ma'lumotlar yo‘q.
Ayni vaqtda hududda temir yo‘llarda tezyurar poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan.