AQShning Luiziana shtati, Baton-Ruj shahri meri shahardagi otishmada uch nafar politsiya zobiti halok bo‘lganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda NBC News.
Avvalroq OAV tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra otishmada 3 nafar politsiyachi halok bo‘lganini ma'lum qilgandi.
Shtat politsiyasi vakili otishmani sodir etgan kimsa yaralangani va ayni vaqtda uning ahvoli va joylashgan o‘rni noma'lumligini ma'lum qildi.
CNN ma'lumotlariga ko‘ra, otishmada hammasi bo‘lib 7 nafar politsiyachi jabrlangan.
Telekanal manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya "ko‘chada avtomat bilan yurgan shubhali erkak" haqida xabar olgan. Politsiya voqea joyiga yetib kelganda noma'lum shaxs ularga o‘t ochgan.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, jabrlangan politsiyachilar shifoxonaga yetkazilganlar va ularning ahvollari og‘ir.
OAV Baton-Rujga shahar politsiyachilari xizmat o‘tash vaqtida qora tanli erkakni otib tashlaganlari videoyozuvi paydo bo‘lgandan keyin e'tibor qaratishgan.