AQShning antidoping agentligi (USADA) Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ijroiya qo‘mitasidan Rossiya Olimpiya qo‘mitasi va Rossiya Paralimpiya qo‘mitasini Rio-de-Janeyrodagi 2016 yilgi Olimpiadadan chetlatishni so‘ramoqda. Bu haqda USADA’ning XOQ prezidenti Tomas Bax nomiga yozilgan maktubida ma'lum qilingan.
O‘tgan yilning may oyida Moskva antidoping laboratoriyasining sobiq rahbari Grigoriy Rodchenkov The New York Times nashriga bergan intervyusida Sochidagi Olimpiadada o‘yinlarda g‘alabani ta'minlash uchun doping dasturi ishlab chiqilganini ma'lum qilgan. Ushbu ayblovlar natijalariga ko‘ra, Jahon antidoping agentligi (WADA) vaziyatni tergov qilish uchun komissiya tuzgan va u o‘tkazgan tergov natijalari 18 iyulda ma'lum qilinadi.