AQShda Esperans shahri yaqinida kichik samolyot falokatga uchradi, uning bortida 4 kishi bo‘lgan. Bu haqda Associated Press’ga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi vakili Keytlin Bergen Associated Press’ga samolyot 16 iyulda mahalliy vaqt bilan 18:45 da falokatga uchraganini aytgan. Samolyot o‘rmonli hududda qulab, yonib ketgan.
Guvohlar fojia joyidan suratlarni tvitterda joylashtirishgan. Suratlardan ko‘rinishicha, voqea joyiga bir necha politsiya mashinasi kelgan va hudud o‘rab olingan.
Hozircha boshqa tafsilotlar keltirilmagan.