Yevropa kengashi raisi Donald Tuskning ma'lum qilishicha, Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga bo‘lgan urinish mintaqa uchun ham, Turkiyaning YeI bilan munosabatlarida ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tayotgan ASEM (Osiyo-Yevropa forumi) sammitida qatnashayotgan Donald Tuskning qayd etishicha, muammolarni qurol vositasida hal qilib bo‘lmaydi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Turkiyada muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan harbiy davlat to‘ntarishida 60 kishi halok bo‘lib, 336 kishi qo‘lga olingan.