Turkiyadagi xunrezliklarda Rossiya qiruvchi samolyotini qulatgan uchuvchi ham qatnashgan

Jahon 17:15 / 16.07.2016 11206

Kecha tunda Turkiyada bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarishiga urinishda o‘tgan yil noyabrda Rossiyaning CU-24 qiruvchi samolyotini urib tushirgan uchivchi ham qatnashgan. Bu haqda Anqara meri Melix Go‘kchek xabar bergan.

Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an bu to‘ntarishga urinishda «parallel hukumat» deb nomlanadigan tashkilot va uning rahbari Fathullo Gulenni ayblagan edi.

«Aynan mana shu «parallel hukumat» Rossiya bilan aloqalarimiz yomonlashuviga sabab bo‘ldi. Kechagi xunrezliklarda Rossiya qiruvchi samolyotini urib tushirgan va tashkilot a'zosi bo‘lgan uchuvchi ham qatnashgan. Bu narsani shu vaqtgacha aytmagan edik, lekin men, Melix Go‘kchek hozir shu gapni aytaman, Rossiya bilan aloqalarimizni mana shu mal'unlar buzishdi»,- deydi janob mer.

Ko‘proq yangiliklar: