Turkiyada amaldagi hukumatni ag‘darishga harbiy urinish chog‘ida qurbon bo‘lganlar soni 90 nafarga yetgan, 1154 kishi yaralangan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Avvalroq, tungi hodisalarda kamida 60 kishi qurbon bo‘lgani xabar qilingan edi.
Juma, 15 iyul kuni Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim, mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinish amalga oshirilgani haqida ma'lum qilgan edi. Hukumat rahbari, tinchlik va tartibni ta'minlash uchun barcha choralar ko‘rilishi hamda aybdorlar eng qattiq jazolarga tortilishiga va'da bergan edi.