Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinish amalga oshirilishi davomida kamida 60 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Anqara prokuraturasiga asoslangan holda HaberTurk portali xabar tarqatgan.
Anqarada Turkiya parlamenti, Türksat binosi va Go‘lboshi politsiya akademiyasi havodan o‘qqa tutildi.
42 kishi Anqaradagi harbiy harakatlar oqibatida halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida politsiyachilar ham, tinch aholi vakillari ham bor.