Turkiya hokimiyatini harbiy davlat to‘ntarishi vositasida egallashga muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng, 336 kishi qamoqqa olingan, deb xabar qilmoqda Turkiyaning NTV telekanali.
Bunga qadar, Turkiya bosh vaziri binali Yildirim to‘ntarishga aloqador 130 nafar harbiyning hibsga olingani va generalning o‘ldirilganini e'lon qilgandi.
Avvalroq, Istanbuldagi Bosfor ko‘prigini egallab olgan o‘nlab askarlar qo‘llarini ko‘targan holda, taslim bo‘layotgani xabar qilingan edi.