Turkiyada harbiy davlat to‘ntarilishi (onlayn)

Jahon 01:40 / 16.07.2016 38266

Turk harbiylari Turkiyada hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining Anqaradagi bosh qarorgohini egalladi.

Turkiya harbiy qo‘mondonligi mamlakatda hukumat ularning qo‘liga o‘tganini e'lon qildi.

Ayni damda Anqara va Istanbulda otishma ovozlari eshitilmoqda, harbiy vertolyotlar osmonga ko‘tarilgan, Istanbul aeroportida barcha parvozlar bekor qilingan. 

Turkiya bosh shtabi davlat telekanali orqali mavjud bo‘lgan barcha xalqaro shartnomalar to‘liq bajarilishini va mamlakatda harbiy vaziyat e'lon qilinganini e'lon qilishdi.

"Turk qurolli kuchlari konstitutsion tuzum, demokratiya, inson huquq va erkinliklarining qayta ta'min va ta'sis etilishi, mamlakatda qonun ustivorligi qayta amal qilishi, buzilgan tinchlik tartibining qayta joriy etilishi maqsadi bilan davlat boshqaruvini to‘laligicha o‘z qo‘liga oldi", deyildi TRT efirida.

Harbiy to‘ntarish haqidagi xabardan keyin jahon valyuta bozorida Turkiya lirasining narxi birdaniga 3,5 foizga tushib ketdi. Ko‘plab mamlakatlar o‘z fuqarolariga Turkiyaga bormay turishni tavsiya qilmoqda.

02:30 - Erdo‘g‘an turk xalqini ko‘chaga chiqishga chorladi

02:30 - Turkiyaning Taksim maydonida ko‘p miqdorda harbiylar to‘plandi

02:25 - Harbiylar Turkiya hududida komendantlik soatini e'lon qildi

02.24 - Harbiy Turkiya: nishon hukumatni qo‘lga olish - konstitutsiyaviy tartibni tiklash

02.07 - Turkiya prezidenti Istanbuldagi xalqaro aeroport yo‘nalishida ketmoqda

02.05 - Anqara va Istanbuldagi strategik obektlar harbiylar qo‘riqlovi ostida turibdi

01.59 - Istanbuldagi Erdo‘g‘anning qarorgohi soqchilar yordamida qo‘riqlanmoqda

01.54 Turkiya bosh vaziri hukumat o‘z ishini davom ettirishini ma'lum qildi.

01.48 OAV Erdo‘g‘an xavfsiz joyda ekanligini ma'lum qildi

01. 47 Turkiya bosh shtab rahbari harbiylar tomonidan asir olindi.

01.27  Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroporti yopildi.

01.15 Istanbuldagi tanklar Otaturk aeroportini o‘rab oldi.

01.14 Turkiya bosh vaziri mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinish sodir bo‘lganligini ma'lum qildi.

01.12 Ko‘p miqdordagi tez yordam mashinalari Turkiya bosh shtabi tomon yo‘l oldi.

00.56 Anqarada Facebook va Twitter bloklab qo‘yildi.

00.54 Turkiya davlat televideniyesi ko‘rsatuvlar olib borishni to‘xtatdi.

00.50. Anqarada otishma ovozlari eshitildi, shahar ustida qiruvchi samolyot va vertolyotlar parvoz qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: