Turkiyada harbiy to‘ntarishda ishtirok etgan 130dan ortiq kishi hibsga olindi

Jahon 08:22 / 16.07.2016 6066

Turkiya xavfsizlik xizmatlari xodimlari harbiy to‘ntarish ishtirokchilarini orasida hibsga olish ishlarini olib bormoqda. Mamlakat bosh vaziri Binoli Yildirimning Al Jazeera telekanali orqali ma'lum qilishicha, ayni vaqtga kelib qo‘lga olinganlar soni 130 nafardan oshdi.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, fitnada 400-500 zobit, polkovnik yoki podpolkovnik ishtirok etgan.

Yildirim Eskishahardagi qiruvchi samolyotlarni Anqara osmonida uchayotgan isyonchilarning vertolyotlarini yo‘q qilish uchun yo‘naltirgan.

Istanbulda Taqsim maydonidagi harbiylarning bir qismi hududni tashlab ketdi, qolgani qurollarini topshirib, politsiyaga taslim bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: