Turkiyada sodir bo‘lgan harbiy to‘ntaruv harakatidan so‘ng 2745 nafar sudya o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqida Daily Sabah xabar qildi.
Mazkur qaror Sudya va prokurorlar oliy kengashi tomonidan qabul qilingan.
Shuningdek 5 nafar Oliy sud kengashi a'zosi ham o‘z amalidan chetlatilgani ma'lum qilindi.
15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada davlat to‘ntaruvi harakatlari amalga oshirilgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi harbiy to‘ntaruv harakatlari natijasida 161 kishi halok bo‘lgan, 1440 nafar kishi turli jarohatlar olgan. O‘tkazilgan operatsiyalar samarasida 2839 harbiy qo‘lga olingan.