Turkiya Mudofaa vazirligi: Davlat to‘ntarishini harbiylarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlamadi

Jahon 04:54 / 16.07.2016 5877

Turkiyada harbiylar tomonidan amalga oshirilgan davlat to‘ntarishi turkiyalik harbiylarning katta qismining qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘lmagan. Bu haqda Turkiya Mudofaa vaziri Fikri Ishiq NTV telekanali efirida ma'lum qildi.

"Harbiylarimizning katta qismi bu davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlamadi. Turk armiyasini Pensilvaniyadan turib (Erdo‘g‘an tomonidan davlat to‘ntarishi tashkilotchisi sifatida ayblanayotgan Fathullo Gulenning qarorgohi) boshqarishning iloji yo‘q", dedi Ishiq.

Eslatib o‘tamiz, 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada to‘ntarishga urinish yuz berdi. Harbiylar mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olganini ma'lum qildi. Jumladan, Istanbuldagi aeroportda otishma kelib chiqdi. Poytaxt Anqarada 2 bor kuchli portlashlar yuz bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: