Anqarada 200 nafar qurolsiz askar harbiy shtablarni tark etib, politsiyaga taslim bo‘ldi, deb xabar bermoqda turk OAVlariga iqtibos keltirgan holda Assoshieyted Press axborot agentligi.
Agentlikning ta'kidlashicha, bu askarlar butun mamlakat bo‘ylab harbiy to‘ntarishga urinishdan keyin hibsga olingan 1563 nafar harbiy qatoriga kirish-kirmasligi noma'lum qolmoqda.
15 iyul kechki payt Turkiya rahbariyati mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinish bo‘lganini e'lon qildi. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bo‘lib o‘tayotgan voqealarni harbiylarning kichik guruhining isyon ko‘tarishga urinishi deb atab, mamlakat fuqarolarini ko‘chalarga chiqishga undadi. O‘z navbatida Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim to‘ntarishni terakt deb atadi va hukumat ishlashda davom etayotganini ta'kidlab o‘tdi.