AQShning Kaliforniya shtati, Beykersfild shahridagi kechada sodir etilgan otishmada 14 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda mahalliy politsiya.
Ta'kidlanishicha, kechada hammasi bo‘lib 150 kishi ishtirok etgan, ulardan ko‘pchiligi uy oldidagi ko‘chada bo‘lishgan. Uy oldidan o‘tib ketayotgan avtomobil ularga qarata o‘q uzgan.
Ma'lum qilinishicha, 14 yaradordan ikki nafarining ahvoli og‘ir.
Jinoyachilar qidirilmoqda, ularni jinoyatga undagan sabablar noma'lum.