Hindistonda bor-yo‘g‘i 24 soat ichida 50 millionga yaqin daraxt ekildi

Jahon 21:13 / 16.07.2016 7903

Biz global isish jarayoni o‘nglab bo‘lmas holat ekanligi haqida ko‘p eshitamiz. Biroq Hindiston aholisi yorqin namuna orqali sayyoramiz taqdiri hali ham o‘z qo‘limizda ekanini isbotlab berdi. Albatta, agarda bu qo‘llar kelajak uchun qandaydir foydali ishni amalga oshirishga tayyor bo‘lsa. 

Hindistondagi Uttar-Pradesh shtatining 800 ming aholisi     — talaba va uy bekalaridan tortib hukumat lavozimidagilargacha  — barcha birgalikda 49,3 milliondan ortiq ko‘chatlarni bor-yo‘g‘i 24 soat ichida ekib chiqishdi! Shu tariqa Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan yangi jahon rekordi qayd etildi. Hindistonning aholi eng zich joylashgan shtati esa qora tutun o‘rniga toza havodan nafas olish umidiga muyassar bo‘ldi. 

Ekologiya bo‘yicha hukumat dasturi doirasida 2030 yilga qadar 95 million gektarga yaqin daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilmoqda. Axir Hindistonning oltita aholi yashash punktlari — Gvalior, Allaxobod, Patna, Raypur, Ludxiana va Dehli — dunyoning eng ko‘p ifloslangan shaharlari o‘ntaligiga kiradi. Hindlar esa bu ko‘rsatkichni o‘zgartirishga tayyor ekani bizni quvontiradi!
 

Ko‘proq yangiliklar: