Gretsiya hukumati mamlakatga siyosiy qochoq sifatida murojaat qilgan sakkiz nafar turkiyalik harbiy va ular uchib kelgan vertolyotni Turkiyaga qaytib beradi. Bu haqda Gretsiya hukumati rasmiy vakili Olga Gerovasiliga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, Turkiya va Gretsiya hukumatlari Turkiyadagi davlat to‘ntarishida qatnashgan harbiylarni iloji boricha tezroq Turkiyaga qaytarish borasida muzokaralar olib borishgan. Qochoqlarning o‘z mamlakatlarida konstitutsion tizimga qarshi harakat qilganlari bu jarayonni tezlatishi mumkin. Ulardan tashqari harbiy vertolyot ham Turkiyaga qaytariladi.
Avvalroq Turkiyada davlat to‘natirishini amalga oshirishga uringan harbiylarga nisbatan eng og‘ir jazo qo‘llanishi aytilgan edi. Turkiya bosh vaziri mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilinganiga qaramay bunday jinoyatchilarni jazolash uchun qayta tiklanishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.