FT: Qatarning hukmron shayhlari Deutsche Bank’ning yirik aksiyadorlariga aylandilar

Iqtisodiyot 00:39 / 16.07.2016 4958

Qatarning hukmron qirollik oilasi (at-Taniy shayhlari) Germaniyaning Deutsche Bank bankidagi o‘zining ulushini 10 foizga oshirib, uning yirik aksiyadori bo‘ldi, deb yozmoqda Financial Times.

Shayhlar birinchi marotaba bankning aksiyalarini 2014 yilda xarid qilib olishgan, 2015 yil avgustida o‘z ulushlarini 6,1 foizgacha oshirishgan. Qirollik uyi aktivlarini Paramount Services Holdings va Supreme Universal Holdings investitsion guruhlari boshqaradi. Ayni vaqtda ularning har biri 5 foizdan kam bo‘lmagan aksiyalarni boshqaradi.

Bankning ikkinchi raqamli aksiyadori BlackRock (6 foizdan ko‘proq ulush) investitsion kompaniyasi hisoblanadi.

Shuningdek, bank qirollik oilasi tomonidan taklif qilgan kuzatuv kengashining yangi a'zosini tayinladi. 

Deutsche Bank aksiyalari oxirgi yilda ikki marta va o‘tgan haftada tarixiy minimumgacha pasaygan.

Ko‘proq yangiliklar: