Chexiyalik tennischi Berdix Zika virusi sababli Olimpiadada ishtirok etishdan bosh tortdi

Sport 23:23 / 16.07.2016 3410

Chexiyalik tennischi Tomash Berdix Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada ishtirok etishdan bosh tortgan tennischilar qatorini to‘ldirdi. Berdix bu haqda feysbukdagi sahifasida ma'lum qildi. 

"Afsus bilan aytishim kerakki, Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada ishtirok etmayman. Men bu mushkul qarorni yaqinlarim bilan uzoq vaqt davom etgan muhokamadan keyin qabul qildim. Bu mening shaxsiy qarorim, biroq men muxlislarimga vaziyatni tushuntirim kerakligini his qilmoqdaman. 

Ishtirokdan voz kechishimning sababi – Braziliyadagi Zika virusi epidemiyasidir. Oilam sog‘lig‘i men uchun ustuvor masaladir. Mening qarorimdan ranjigan barchaga uzrimni keltiraman", deb yozdi tennischi.  

Bungacha Olimpiadada ishtirok etishdan dunyoning eng yaxshi 30 tennischisidan 9 nafari voz kechgandi, ular: Milosh Raonich (7), Dominik Tim (9), Jon Isner (16), Nik Kiros (18), Bernard Tomich (19), Felisyano Lopes (20), Lyuka Pui (21), Benua Per (22), Sem Kuerri (29).

Ko‘proq yangiliklar: