Anqarada otishma ovozlari eshitildi, shahar ustida qiruvchi samolyot va vertolyotlar parvoz qilmoqda

Jahon 01:44 / 16.07.2016 10507

Turkiya poytaxti Anqara shahrida otishma ovozlari eshitilgan. Bu haqda “Reyter” agentligi xabar bermoqda. Turkiya bosh vaziri mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinish yuz berganini aytmoqda.

Harbiy vertolyot Anqarada joylashgan milliy razvedka tashkilotiga qarata o‘t ochgan. Bu haqda DHA agentligi ma'lum qilgan.

Turk politsiyasi Istanbulning Osiyo va Yevropa qismini birlashtirib turuvchi Bosfor bo‘g‘ozi ustidagi ko‘prik harakatlarini to‘xtatgan. Ikkala ko‘prik ustida ham harbiylar nazorat o‘rnatgan.

Ayrim turk OAVlarining xabar berishicha, Anqarada markazida joylashgan Turkiya bosh shtabi yonida otishma sodir etilgani haqida xabar bermoqda. Anqaradagi barcha xavfsizlik kuchlari va politsiya xodimlari zudlik bilan ishga chaqirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: