Anqarada yana ikkita portlash sodir etildi

Jahon 04:59 / 16.07.2016 6200

Turkiya poytaxti Anqarada yana ikkita kuchli portlash sodir bo‘ldi. Shahar ustida qiruvchi samolyotlar pastlab parvoz qilishda davom etmoqda, deya xabar beradi RIA Novosti.

Bundan oldin mahalliy nashrlar shaharda 2 marotaba kuchli portlash yuz bergani haqida xabar tarqatgandi. Ulardan biri Mudofaa vazirligi binosida, yana biri davlat telekanali TRT  yaqinida portlagandi.

Eslatib o‘tamiz, 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada to‘ntarishga urinish yuz berdi. Harbiylar mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olganini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: