AQSh kongressi 11 sentabr terakti haqida avval sir saqlangan hisobotni chop etdi

Jahon 00:16 / 16.07.2016 19058

AQSh kongressi 2001 yil 11 sentabr terakti haqida avval sir saqlangan 28 sahifalik hisobotni chop etdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Hisobotning to‘liq versiyasi AQSh vakillar palatasinning razvedka bo‘yicha qo‘mitasi saytida chop etilgan.

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest AQSh razvedka xizmatlari amaldorlari hisobotni tahlil qilishni tugatib, Saudiya Arabistonining teraktlarga aloqasi borligining isbotini topa olmaganlar. 

Aprelda CBS telekanali AQSh senatorlari AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyatidan 11 sentabrdagi teraktlar haqida ma'lumotlarni oshkor qilishni talab qilayotganini ma'lum qilgan. Ularning aytishicha, hisobot Saudiya Arabistonining teraktlarga aloqasi borligini isbotlagan. 

Saudiya Arabistoni telekanalni tanqid qilib, "afsonalar yig‘uvchisi" deb atagan.

Ko‘proq yangiliklar: