Turkiyada isyonchilar samolyoti Erdo‘g‘anning Anqaradagi qarorgohiga bomba tashlagan. Bu haqda AFP agentligi ma'lum qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bu vaqtda Istanbulda bo‘lgan. Erdo‘g‘an u yerda isyonchilar guruhi harbiy to‘ntarish amalga oshirmoqchi bo‘lgandan keyin xalqqa murojaat qilayotgan edi.
Shuningdek, F-16 qiruvchi samolyotlari prezident saroyi yonida isyonchilar tanklariga aviazarbalar bergan.
Bu orada Anadolu axborot agentligi Turkiya harbiy-havo kuchlari Anqara yaqinidagi "Turksat" yo‘ldoshli aloqani boshqarish markazini o‘qqa tutayotgan isyonchilar vertolyotini urib tushirganini ma'lum qilgan.