Vilmots Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Sport 19:24 / 15.07.2016 3652

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Vilmots o‘z vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

47 yoshli Vilmots to‘rt yil davomida Belgiya terma jamoasida ishladi. Bu vaqt davomida terma jamoa 51 o‘yinda qatnashib, 34 marta g‘alaba qozongan, 8 marta durang o‘ynagan va 9 o‘yinda mag‘lub bo‘lgan.

Belgiya terma jamoasi Yevropa chempionatining chorak finalida Uelsga mag‘lub bo‘lgan edi. Musobaqadagi ishtirokni Belgiya qirolligi nomunosib deb baholadi va shu sabab murabbiy ishdan ketdi.

Qayd etish kerakki, u belgiyaliklarning "oltin avlodi" bilan ikkita xalqaro turnirda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Ko‘proq yangiliklar: