O‘zbekistonda 2015 yil immunoprofilaktikaga 13 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan

Jamiyat 20:22 / 15.07.2016 4388

Toshkentda O‘zbekistonda emlash orqali yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada erishilayotgan natijalar, immunizatsiya dasturini moliyalashtirishni yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda. 

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Sebin vaksina instituti (AQSh) bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda deputatlar, davlat organlari, jamoatchilik va xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar, shifokorlar, jurnalistlar ishtirok etdi. 

O‘zbekistonda milliy emlash taqvimi yaratilib, o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘ndan ko‘proq kasallikka qarshi bepul emlanmoqda. Immunoprofilaktika tadbirlariga ketadigan mablag‘lar davlat byudjyeti hisobidan moliyalashtirilayotir. 2015 yilda ushbu maqsadlar uchun 13 milliard 600 million so‘m mablag‘ ajratildi.  

Milliy emlash taqvimi rivojlangan davlatlar tajribalaridan kelib chiqib doimiy boyitib borilayotir. 2014 yilda bu sohaga yangi rotavirus infeksiyasi, 2015 yilda pnevmokok infeksiyasiga qarshi vaksina joriy etildi.

Ko‘proq yangiliklar: