“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Jakarta (Indoneziya) va Barselona (Ispaniya) kabi mashhur yo‘nalishlarga hamyonbop tariflar haqida e'lon qildi.
Reyslar aviakompaniyalar bilan interlayn hamkorlik doirasida amalga oshiriladi.
“Toshkent-Jakarta-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha chipta bahosi - 2560000 so‘m +245 dollar.
Reyslar jadvali:
Toshkent-Kuala-Lumpur-Jakarta (chorshanba kunlari):
- HY 551 Toshkent (08:00) – Kuala-Lumpur (18:35);
- MH 727 Kuala-Lumpur (21:45) – Jakarta (22:45).
Jakarta – Kuala-Lumpur – Toshkent (juma kunlari):
- MH 726 Jakarta (04:40) – Kuala-Lumpur (07:40);
- HY 552 Kuala-Lumpur (11:45) – Toshkent (16:40).
“Toshkent-Barselona-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha chipta bahosi - 2260000 so‘m +189 dollar.
Reyslar jadvali:
Toshkent – Frankfurt – Barselona (dushanba, payshanba, shanba kunlari):
- HY 231 Toshkent (05:45) – Frankfurt (09:40);
- LH 1130 Frankfurt (11:05) – Barselona (13:05).
Barselona – Frankfurt – Toshkent (dushanba, payshanba, shanba kunlari):
- LH 1137 Barselona (08:05) – Frankfurt (10:15);
- HY 232 Frankfurt (11:40) – Toshkent (20:45).
Jadvalda mahalliy vaqt ko‘rsatilgan. Reyslar “Boing” va “Aerobus” kabi qulay laynerlarda amalga oshiriladi.
Teglar: “O‘zbekiston havo yo‘llari”, reyslar, Barselona, Jakarta